Ushbu ommaviy oferta SKOR Time ID tizimidan foydalanish tartibi, foydalanuvchining majburiyatlari, shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlash qoidalari hamda tizimdan foydalanish jarayonidagi javobgarlik masalalarini belgilaydi.
Eslatma: Tizimga login va parol orqali kirgan hamda ushbu ofertani tasdiqlagan foydalanuvchi mazkur shartlar bilan to‘liq tanishgan, ularni tushungan va ularga rozilik bildirgan hisoblanadi.
1. Umumiy qoidalar
1.1. SKOR Time ID tizimi tashkilotlar, idora va muassasalarda xodimlar yoki boshqa shaxslarning kirish-chiqish holatini Face ID texnologiyasi orqali nazorat qilish, hisobga olish va tegishli ma’lumotlarni ko‘rish imkonini beruvchi axborot tizimidir.
1.2. Tizimdan foydalanish huquqi tashkilot rahbari yoki tashkilot tomonidan vakolat berilgan mas’ul shaxsga login va parol taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
1.3. Foydalanuvchi tizimga kirish orqali ushbu ommaviy oferta shartlarini qabul qilgan hisoblanadi.
2. Login va paroldan foydalanish tartibi
2.1. Tizimga kirish uchun taqdim etilgan login va parol foydalanuvchining shaxsiy foydalanishi uchun beriladi.
2.2. Foydalanuvchi o‘ziga berilgan login va parolni uchinchi shaxslarga bermasligi, oshkor qilmasligi shart.
2.3. Login va parolning maxfiyligini saqlash to‘liq foydalanuvchining zimmasida bo‘ladi.
3. Shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish
3.1. Tizimda xodimlar yoki boshqa shaxslarga oid ism-familiya, fotosurat, telefon raqam, kirish-chiqish vaqtlari hamda boshqa zarur ma’lumotlar qayta ishlanishi mumkin.
3.2. Foydalanuvchi tizimdagi shaxsiy ma’lumotlardan faqat qonuniy maqsadlarda foydalanishi shart.
3.3. Foydalanuvchi tizimdagi shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga tarqatmaslik majburiyatini oladi.
4. Foydalanuvchining majburiyatlari
4.1. Tizimdan faqat tashkilot faoliyati doirasida foydalanish.
4.2. Login va parol maxfiyligini ta’minlash.
4.3. Tizimga ruxsatsiz shaxslarni kiritmaslik.
5. Javobgarlik
5.1. Foydalanuvchi tizimga o‘z login va paroli orqali amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun javobgar hisoblanadi.
5.2. Login va parol orqali tizimga kirib bajarilgan har qanday harakat foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanadi.
5.3. Foydalanuvchi tomonidan login va parolning boshqa shaxslarga berilishi natijasida yuzaga keladigan zarar uchun SKOR tizimi ishlab chiquvchisi javobgar bo‘lmaydi.
8. Yakuniy qoidalar
8.3. Ushbu oferta foydalanuvchi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab kuchga kiradi.